Verse 1: Muhabbat, bormikan undan davo una bir a`zo, na bir hato, agarda qilsa mubtalo holating aniq yuz tuban g`aribu gado, na bir ihlos qoldi, na bir nafsingni hojatiga ahamiyat hamma narsa bitib bo`ldi ado yuragimni makonu honadon qilib oldi ming dardu balo honavayronman, ko`rindi asli yuzida natijalar derazamning ortidan u darbadari bemakon yig`laydi bulutlar so`ndi orzular, to`htatildi marralarga intilish kabi harakatlar tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil, misoli Layli bilan ko`mildi hayollar, Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo, ufuqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim guyo-ki sabo mano Majnunman, qayerdadur Layli
Chorus: Qayerdadur Layli...
Verse 2: Yo`qdur, hatti harakatimga javobim yo`q yo`llarimda hoqsor iroda-yu toqatimga ishonchim yo`q o`ldi kibri havo, bekindi borliq ortida, kamina-yu shahsiyat bo`ldim ahli salomatdan ahli malomat sevgi nima o`zi u? kim biladi? o`rganilmadi ohiri nazorat muhabbat bu o`ziga yarasha yuraklardagi bir kichik ohirat, to`la nadomat yanada, jismingda yahshi yoki yomon iz bo`lib qoladigan ming asorat muhabbat bu bemorlig-u bedorlik, ochiq oydin haqiqat kechalari giryonlik, tuyg`ularing bilan bog`langan sifati Jamil, misoli Layli bilan ko`mildi hayollar, Majnuni Qays bo`ldim, man misoli Karbalo, ufuqdagi yomg`irlarga borib qo`shildim guyo-ki sabo telba Majnunman, boru yo`g`im Layli
Chorus: Boru yo`g`im Layli...
Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2
Видео
Shohruh-Layli va Majnun "Layli Va Majnun" by Shoxrux (Google Play • iTunes • eMusic • AmazonMP3) ... Shahzoda & Dj ...
SHOXRUX - LAYLI VA MAJNUN LIVE IN MOSCOW ... http://www.shoxrux.com. ... SHOXRUX - LAYLI VA MAJNUN LIVE IN MOSCOW 2013 ...
shoxrux Layli va Majnun "Layli Va Majnun" by Shoxrux (Google Play • iTunes • eMusic .... SHOXRUX - LAYLI VA MAJNUN ...
Shahzoda - Layli va Majnun / Шахзода - Лайли ва Маджнун ... Shahzoda - Layli va Majnun / Шахзода - Лайли ва Маджнун. Erbol Pussurman ...