Гуру Песен Популярное
А Б В Г Д Е Ж З И К Л М Н О П Р С Т У Ф Х Ц Ч Ш Э Ю Я
# A B C D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V W X Y Z

Manzura va Mavluda Asalxo'jayeva - Qaynonajon | Текст песни

Pesni.guru - сайт для Гуру


Qaynonajon, qaynona!
Kulishingizdan aylanay!
Qiyilib, yugurib, sizning
Xizmatingizda bo‘lay!

Siz, birovning bolasi,
Bo‘ldingiz o‘g‘lim egasi...
Oq yuvib, oq taragan
Menman bolam onasi!

Qaynab-qaynab toshsangiz,
Sovuq kuchingiz bo‘lay,
Sizni deb mendan kechsa,
O‘g‘lingizdan o‘rgilay!
Kelin emas, sizga qiz bo‘lay,
Tun o‘rniga sizga kun bo‘lay,
Xizmatingizda bo‘lib,
Erka qizingiz bo‘lay!

Menga qizmas, kelin bo‘lasiz,
Kulganimda siz ham kulasiz,
O‘g‘lim sevib, gul bersa,
Rozi bo‘lsam, olasiz!

Tillaringizdan zahar
Chak-chak tomib tursa ham,
Qancha yaxshilik qilsam,
Sizga, jonim, shuncha kam!

Tillarimdagi zahar -
Dilimdagi dardlarim.
Ko‘zingizni yoshlamang,
Og‘ir botsa gaplarim:
Odamassiz - bu bor gap! –
Kech tushmay, bo‘lasiz dard,
Mendan holim so‘ramay,
O‘g‘limni o‘rab-chirmab!

Kelin emas, sizga qiz bo‘lay,
Tun o‘rniga sizga kun bo‘lay,
Xizmatingizda bo‘lib,
Erka qizingiz bo‘lay!

Menga qizmas, kelin bo‘lasiz,
Kulganimda siz ham kulasiz,
O‘g‘lim sevib, gul bersa,
Rozi bo‘lsam, olasiz!


Статистика страницы на pesni.guru ▼
Просмотров сегодня: 2
Видео
  • Manzura feat. Mavluda Asalxo'jayeva - Qaynona ... Manzura feat. Mavluda Asalxo'jayeva - Qaynona ...
    https://www.facebook.com/ManzuraOfficialFan https://www.reverbnation.com/ ManzuraOfficialFan.
  • UNDP Uz gender - family harmony (qaynona-kelin ... UNDP Uz gender - family harmony (qaynona-kelin ...
    Manzura & Mavlyuda - Qaynona kelin | Манзура ва Мавлюда - Кайнона келин ... Manzura va ...
  • Mehman Alem & Ozada Mehman Alem & Ozada
    Manzura feat Mavluda Asalxo'jayeva - Qaynonajon Qaynona - Duration: 3:35. by unusobod ...
  • Espai Francesc Sebastià a Xiva de Morella 14 d ... Espai Francesc Sebastià a Xiva de Morella 14 d ...
    ... dia 14 d'agost del 2011, es va fer de l'Espai Francesc Sebastià davant ... Manzura ...